Ijtimoiy tarmoqlar:
KIM VATANGA SODIQ BO‘LSA, MENDIRMAN O‘SHA

Har bir davlat o‘z mustaqilligini, erkinligi qo‘lga kiritar ekan eng avvalo Davlat suverenitetini, xalq tinchligini, mustaqillik bardavomligini taʼminlovchi eng asosiy omillardan biri bu Milliy armiyasiga ega bo‘lish, o‘z Qurolli Kuchlarini barpo etishga alohida eʼtibor qaratadi.

Аyni shu maqsadda O‘zbekiston Respublikasi mustaqillikka erishgan birinchi kunlardanoq milliy armiyamizga asos solindi. 1992-yil 14-yanvarda yurtimiz hududida joylashgan barcha harbiy tuzilmalar O‘zbekiston Respublikasining huquqiy tasarrufiga o‘tkazildi.

Mana, 29 yildirki, ana shu tarixiy kun Qurolli Kuchlarimiz poydevori qo‘yilgan, istiqlolimiz solnomasiga oltin harflar bilan yozilgan buyuk sana sifatida bayram qilinmoqda.

Respublika Maʼnaviyat va maʼrifat markazida O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari tashkil etilganligining 29 yilligi hamda Vatan himoyachilari kuni bayrami bilan tashkil etiladigan “Kim Vatanga sodiq bo‘lsa, mendirman o‘sha!” mavzusida madaniy-maʼrifiy tadbir tashkil etildi.

Tadbirda Respublika Maʼnaviyat va maʼrifat markazi rahbari Minhojiddin Hojimatov, Bojxona instituti boshlig‘i, bojxona xizmati podpolkovnigi V.Ergashev, O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi aʼzosi, shoira, “Mehnat shuhrati” ordeni sohibasi Zulfiya Mo‘minova, O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artisti Tojibar Аzizova, Bojxona instituti ofitserlari, kursantlari hamda OАV vakillari ishtirok etdi.

Tadbirda so‘z olganlar 29 yildirki, ana shu tarixiy kun Qurolli Kuchlarimiz poydevori qo‘yilgan, istiqlolimiz solnomasiga oltin harflar bilan yozilgan buyuk sana sifatida bayram qilinayotganligini taʼkidlab, mustaqillik yillarida har qanday tahdid va xatarlarga munosib zarba berishga tayyor milliy armiyamiz – xalqimiz, mamlakatimizning ishonchli va mustahkam qalqoniga aylandi.

O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari qudratini harbiy kadrlarning jangovar qobiliyati va tayyorgarligi bilan bir qatorda, harbiy xizmatchining qalbida urayotgan Vataniy his tuyg‘ularning yuqoriligi, xizmat burchiga fidoiyligi bilan bog‘lanadi. Yaʼni, har bir askar va serjantda, ofitser va generalda, butun shaxsiy tarkibda milliy ruh va g‘urur kuchli bo‘lishi lozim. Buyuk Sohibqiron Аmir Temur taʼkidlaganidek “Davlat – lashkarlaru fuqarolarning sadoqati va fidoiyligila qudratlidir”.

Darhaqiqat, qalbida o‘z xalqiga sadoqati kuchli, xizmat burchiga fidokorona yondashadigan harbiy xizmatchi, mamlakat daxlsizligini taʼminlay oladigan qudratli kuchga aylana oladi.

Bugun o‘sib kelayotgan kelajakda harbiy bo‘lib, Vataniga xizmat qilishni o‘z taqdiri deb biladigan botir farzandlarimizni milliy ruhda, muqaddas Vatan taqdiri uchun masʼuliyat tuyg‘usida tarbiyalashimiz har-bir oilaning asosiy maqsadi bo‘lmog‘i lozim.

20.01.2021