Ijtimoiy tarmoqlar:
DIQQAT E'LON!

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 3 maydagi “Maʼnaviy-maʼrifiy ishlar samaradorligini oshirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ-4307-sonli qarori hamda joriy yil 19 yanvarь kuni o‘tkazilgan Respublika Maʼnaviyat va maʼrifat kengashi yig‘ilishida belgilangan vazifalar ijrosi hamda O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining o‘ttiz yilligi munosabati bilan “Yangi O‘zbekistonda erkin va farovon yashaylik!” g‘oyasi asosida mamlakatimizda targ‘ibot-tashviqot ishlarni tizimli tashkil etish, shuningdek, jamiyat hayotining maʼnaviy asoslarini mustahkamlash, buyuk ajdodlarimizning bebaho merosini o‘rganish va yoshlar orasida keng targ‘ib etish maqsadida “Yangi O‘zbekiston – yangi Renessans sari!” mavzusida ilmiy-amaliy konferentsiya o‘tkazish rejalashtirilgan.

Konferentsiya 2021 yil 5 avgust kuni Samarqand viloyati, Samarqand davlat universitetida o‘tkaziladi.

Konferentsiyaga quyidagi yo‘nalishlar bo‘yicha maqolalar qabul qilinadi.

1. Milliy g‘oya, madaniy-maʼrifiy sohalarda boy va noyob merosimizni ilmiy asosda har tomonlama chuqur o‘rganish: yangicha yondashuv va innovatsiyalar.

2. Yurtimizda yetishib chiqqan mutafakkir va allomalarning maʼnaviy merosini o‘rganishda kreativ yondoshuv va qarashlar xilma-xilligi.

3. Yoshlarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalashda Jadid allomalarimizning tarbiyaga oid taʼlimotlarining o‘rni va ahamiyati.

4. Yangi O‘zbekiston – Renessansning uchinchi to‘lqini: muammo va istiqbollar.

 

Manzil: Toshkent shahar, Yakkasaroy tumani, Yusuf Xos Hojib ko‘chasi,

76 uy, Respublika Maʼnaviyat va maʼrifat markazi “Maʼrifat” targ‘ibotchilar jamiyati.

Tashkiliy qo‘mita: Respublika Maʼnaviyat va maʼrifat markazi “Maʼrifat” targ‘ibotchilar jamiyati.

 

Elektron manzil: gulomov_1@mail.ru, (97-745-35-76 telegram)

Murojaat uchun telefonlar: 95 177-51-57, 95 170-87-78

02.04.2021